07.07.2024
Marosimda “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b Timur Muxamedjanov, Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchixonasi 2-kotibi Ilya Matveyev, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Fyodor Kolokolov, universitetning Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori Botir Nurmatov, masʼullar, bitiruvchilar hamda ularning yaqinlari ishtirok etishdi.
D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti 1898-yili tashkil topgan - 120-yildan ortiq tarixga ega oliygoh. Universitet kimyo sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri sifatida jahon miqyosida eʻtirof etilgan. OTMning Toshkent shahridagi filiali 2021-yili tashkil etilgan.
2023-2024 oʻquv yilida 51 nafar talaba universitetni muvaffaqiyatli tamomladi va bugun ularga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda masʼullar va bitiruvchilarning ota-onalari ularni tabriklab, yoshlarni kelgusi ishlarida omad va zafarlar tiladi.
Jamoat ishlarida faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliqlar taqdim etildi.
😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati