Расписание Приём - 2024/25 Версия сайта для слабовидящих

⚡️Bugun "Kimyo sanoati yosh mutaxassislari" ilmiy-intellektual forumi oʻz ishini boshladi

27.05.2024

Mazkur forumda “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalari – “Maksam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJlarda faoliyat yuritayotgan yosh kimyogar mutaxassislar, shuningdek, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent shahri filiali, Toshkent kimyo texnologiyalari hamda Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalari - jami 250 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishmoqda.

Dastlab mutaxassislar uchun D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetiga tashrif buyurishdi. Ilm dargohida sohaning boʻlajak mutaxassislari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. 

Shuningdek, ishtirokchilar Chirchiq kimyo-industrial texnoparkida ham boʻlishdi. Texnoparkda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi. Oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi. 

Forum Boʻstonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida boʻlib oʻtadi.

Jarayonlarni kuzatib boring.