Расписание Приём - 2024/25 Онлайн трансляция экзаменов Версия сайта для слабовидящих

“Bo’lajak olim” tanlovida ishtirok eting!

12.04.2023

D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya Universiteti Toshkent shahridagi filiali "Bolajak olim" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi - iste'dodli yosh olimlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qollab- quwatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug’ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qollab- quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorining 2-ilovasi "Bolajak olim" tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomida belgilangan talablarga muvofiq otkaziladi.

Mazkur tanlovda uch yo'nalishdagi loyihalar bo'yicha arizalar qabul qilinadi:

  • Ilmiy g'oyalar;
  • Startap loyihalar;
  • Ilmiy loyihalar.

"Bo’lajak olim" tanlovi doirasida yosh olimlarning:

  • llmiy g'oyalari rag'batlantiriladi;
  • llmiy va startap loyihalari moliyalashtiriladi.

I. llmiy g‘oya - ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri bo’lib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo boladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha.
llmiy g‘oyalarni rag batlantirishga qo‘yiladigan shartlar:

  1. Talabgorlarning yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat'iy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
  2. 1 ta ishtirokchi 1 ta g‘oya bilan ishtirok etishi;
  3. Topshirilgan ilmiy g'oyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag' miqdori Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-sonli Qarorining 2- ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomdagi hajmdan oshmasligi;
  4. llmiy g'oyalar asosida maket va (yoki) prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng kop muddati bir yilgacha bolishi.

Tanlov doirasida llmiy g‘oyalar bo‘yicha takliflar joriy yilning 30-aprel soat 16:00 ga qadar qabul qilinadi.

Bunda vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida quvidagi hujjatiar www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukniga vuklanishi lozim:

1.    Talabgorlarning fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi, 3x4 sm olchamdagi oq fondagi 2 dona rangli fotosurati (.jpeg).
2.    Ilmiy g‘oya matni. Bunda ilmiy g’oyaning amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koTsatilgan bolishi lozim. Asl nusxasi skaner qilinib, pdf hamda word shaklida taqdim etiladi.
3.    Ilmiy g'oyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag' to‘g‘risida ma'lumotnoma va xarajatlar smetasi.
4.    Ilmiy g‘oya taqdimoti. (5 slayddan oshmasligi, ilmiy g‘oya mazmuni to‘liq yoritilgani).


II. Startap loyiha — amalga oshish xavfi yuqori bolgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qollanilishi, ko’lami va tez o’sish sur'ati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha.
Topshiriladigan startap loyiha shartlari:
Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat'iy nazar 40 yoshdan oshmasligi;

  1. 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa a'zolari soni 5 nafardan oshmasligi lozim);
  2. Topshirilgan startap loyiha amalga oshirish summasi miqdori Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-sonli Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomdagi hajmdan oshmasligi.
  3. Startap loyihalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati bir yilgacha bolishi.

Tanlov doirasida Startap loyihalar bo‘yicha takliflar joriy yilning 30-aprel soat 16:00 ga qadar qabul qilinadi.
Bunda vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida quvidagi hujjatlar www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali vuklanishi lozim:

  1. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza (.pdf), jamoa har bir a'zosining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi (.pdf), 3x4 sm o'lchamdagi oq fondagi 2 dona rangli fotosurati (.jpeg);
  2. Startap loyiha ma'lumotnomasi (.pdf);
  3. Startap loyihani amalga oshirish uchun xarajatlar smetasi;
  4. Startap loyiha biznes rejasi (.pdf);
  5. Startap loyiha taqdimoti. (7 slayddan oshmasligi, startap loyiha mazmuni toliq yoritilgani) (.pdf).

Taqdim etilgan ilmiy g‘oya hamda startap loyihalar tanlov talablariga qat'iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi bo'yicha dastlabki texnik ekspertizadan o tkaziladi.
Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi. Taqdim etilgan loyihalardagi ma'lumotlaming haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni tola va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy g‘oya hamda startap loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.